O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari amerikalik va italiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashdi
Ma'lumki, HT HOLDING prezidenti Roberto Tucci, Ernst & Young Global Consulting kompaniyasining Italiyadagi hamkori va maslahatchisi Alessandro Mombelloni hamda AQShdagi eng yirik gipermarketlar tarmog'idan biri bo'lgan COSTCO direktorlar kengashi a'zosi Natale de Franchesko shu kunlarda yurtimizda.
Joriy yilning 2 mart kuni BMB xolding Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov boshchiligidagi mazkur delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Yig‘ilishda za’faron yetishtirish, xususan, chuqur qayta ishlangan za’faron mahsulotlarimizni AQSh bozorlariga, xususan, COSTCO gipermarketlar tarmog‘iga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha yaqin kelajakda Amerika bozorlariga, xususan, COSTCO gipermarketlari tarmog‘iga o‘zbek za’faronini, za’farondan tayyorlangan yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar, jumladan, za’faron tomat pastasi va za’faron achchiq sousi, meva va sabzavotlardan chuqur qayta ishlangan mahsulotlar, shuningdek, shakarqamish ekinlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.